Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirishni davom ettiradi

Iqtisodiyot

Saudiya Arabistoni joriy yilning dekabr oyida neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda kuniga 1 million barrelga qisqartirishni davom ettiradi. Bu haqda Saudi Press agentligi ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirishni davom ettiradi
Qayd etilishicha, dekabr oyida qirollik neft qazib olishni qisqartirishni uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Ma’lum qilinishicha, Qirollikning 2023-yil dekabr oyidagi qazib olish hajmi kuniga taxminan 9 million barrelni tashkil qiladi.

Manba, shuningdek, ushbu qisqartirish qirollik tomonidan 2023-yil aprel oyida eʼlon qilingan ixtiyoriy qisqartirishga qoʻshimcha ekanligini va 2024-yil dekabr oyi oxirigacha davom etishini taʼkidlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing