Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Dunyo

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda tashqi tahdidlarga muvofiqlashtirilgan javob choralarini ko‘rishni nazarda tutuvchi qo‘shma mudofaa bitimini imzolaganini e'lon qildi. Hujjat "Makka qo‘shma mudofaa bitimi" deb nomlandi.

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, uch davlatdan biriga qilingan hujum bitimning barcha ishtirokchilariga qilingan hujum sifatida baholanadi. Shu bilan birga, qurolli tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda tomonlarning aniq majburiyatlari hozircha oshkor etilmagan.

Bitim Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning Jidda shahridagi uchrashuvidan so‘ng e'lon qilindi.

Hujjat harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, razvedka ma'lumotlari almashinuvi hamda mintaqaviy inqirozlarni bartaraf etishda hamkorlikni nazarda tutadi. Turkiya tomoni bitim faqat mudofaa xarakteriga ega ekanini, hech bir davlatga qarshi qaratilmaganini va kelajakda boshqa mamlakatlar ham unga qo‘shilishi mumkinligini ta'kidladi.

Shuningdek, yangi bitim ishtirokchi davlatlarning amaldagi xalqaro majburiyatlarini bekor qilmaydi. Xususan, Turkiya NATO a'zosi sifatidagi majburiyatlarini bajarishda davom etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing