Saudiya O‘zbekistonda mehmonxona biznesiga sarmoya kiritmoqchi
O'zbekiston
O‘zbekiston elchisi va Saudiya Arabistonining yirik kompaniyasi vakili avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistoni poytaxtida "Acwa Power" kompaniyasining mamlakat bo‘yicha mas’ul vakili Bashir al-G‘urayd bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" xabar berdi.
"16-dekabr kuni ikki davlat ishbilarmonlar kengashi rahbarlari o‘rtasida video-konferensiya tarzidagi uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tadbirda ham O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining yirik ishbilarmon doira vakillari o‘zlarining aniq ishlab chiqqan loyihalari bilan ishtirok etishi kutilyapti", deyiladi xabarda.
Bo‘lib o‘tgan muloqot yakunida tomonlar joriy yil yakuniga qadar tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlariga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va Saudiya kompaniyasining O‘zbekistonda mehmonxona biznesiga sarmoya kiritishi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan muzokaralarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Powered by Froala Editor