Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga rahbar tayinlandi

O'zbekiston

Yangi rahbar Aziz Mansurov faoliyati davomida bank sohasida va xususiy tadbirkorlik subyektida masʼul vazifalarda ishlagan.

Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Guliston shahar hokimligi katta majlislar zalida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Umid Pozilxonov rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Mansurov Aziz Shuxratovich Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Aziz Mansurov 1989-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat, 2013-yilda magistratura yoʻnalishlarini tamomlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing