Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga yordamni ko‘paytirishga chaqirdi
Dunyo
Prezident Afg‘oniston xalqini bugungi murakkab muammolari qarshisida yolg‘iz qoldirib bo‘lmasligi, ushbu mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy sharti ekani ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatni, xususan, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar rahbarlarini afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni ko‘paytirishga chaqirdi. U bu haqda 9-noyabr kuni Toshkentda o‘tayotgan IHT sammitida ta’kidladi.
Davlat rahbari nutqining Afg‘onistonga atalgan qismi avvalida, sammit ushbu davlatsiz o‘tayotganiga e’tibor qaratdi.
“Bugungi sammit tashkilotimiz a’zolaridan biri bo‘lgan Afg‘oniston ishtirokisiz o‘tayotganiga diqqatingizni qaratmoqchiman. Asrlar davomida bizga yon qo‘shni bo‘lgan ko‘p millatli Afg‘oniston xalqini bugungi murakkab muammolar qarshisida yolg‘iz qoldirib bo‘lmaydi”, deydi Oʻzbekiston Prezidenti.
Unga ko’ra, Afg‘onistonga nisbatan kollektiv mas’uliyat bilan yondashish kerak.
“Ushbu mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish, barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy shartidir. Barchangizni afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni ko‘paytirishga, bu yerdagi o‘tkir ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni kollektiv mas’uliyat va maqbul mexanizmlar asosida hal etishga chaqiraman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Powered by Froala Editor