Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

Dunyo

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni Dog‘istondagi teraktlar munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev  Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Darband va Mahachqala shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, chuqur hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston yetakchisi Dog‘istondagi terrorchilik hujumlarini qat’iy qoraladi hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi”, — deb yozdi Sherzod Asadov.

Yakshanba kuni Darband va Mahachqaladagi ikkita pravoslav cherkovi, sinagoga va yo‘l politsiyasi postiga qurolli hujum uyushtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, teraktlar natijasida rus pravoslav cherkovi ruhoniysi va politsiya xodimlari halok bo‘lgan. Olti nafar huquq-tartibotchi halok bo‘lgani, 12 nafari yaralangani aytilmoqda.

Dog‘iston Respublikasida terrorizmga qarshi operatsiya rejimi joriy etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing