Shavkat Mirziyoyev har bir investor va tashabbuskor bilan suhbatlashdi
O'zbekiston
Namangan viloyatiga tashrifi davomida bugun Shavkat Mirziyoyevga 2 milliard 300 million dollarlik 17 loyiha taqdim etildi.
Namangan viloyatida umumiy qiymati 4 milliard dollarlik 47 loyiha shakllantirilgan.
Ularga Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Niderlandiya, Eron, Pokiston kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Loyihalar qurilish materiallari, elektr texnikasi, kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, konchilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.
Mazkur 47 ta loyiha natijasida 40 mingdan ortiq aholi ish bilan ta’minlanadi.
Davlatimiz rahbari investor va tashabbuskorlar bilan birma-bir suhbatlashdi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi muhokama qilinib, ularni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Powered by Froala Editor