Shavkat Mirziyoyev: qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida eksport hajmi $2 milliarddan oshmadi

O'zbekiston

Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev: qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida eksport hajmi $2 milliarddan oshmadi
Shavkat Mirziyoyev bundan buyon yig‘ilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida, ularni qiynayotgan masalalarga yechimlari bilan o‘tkazilishini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirildi, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Hisob-kitobga ko‘ra, buncha mahsulotni o‘zidan 5 milliard dollarlik eksport qilsa bo‘ladi.

Lekin iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi komplekslari mutasaddilari va hokimlar ishni to‘g‘ri tashkil qila olmagani, eksportchilar muammosini hal qilmagani uchun eksport $2 milliarddan oshmagani qayd etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing