Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryusselga keldi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga keldi. Bryussel xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yevropa Ittifoqining rasmiy vakillari, shu jumladan, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryusselga keldi
O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi tashrifning markaziy voqeasi bo‘ladi. Ushbu hujjat ikki tomonlama munosabatlarni yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Yevropaning asosiy yetakchilari - Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan muhim muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Belgiya Qiroli Filipp bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tadi, bu esa O‘zbekiston-Yevropa munosabatlariga bo‘lgan yuksak e’tibordan dalolat beradi.

Tashrif dasturida, shuningdek, yetakchi Yevropa kompaniyalari va moliya tuzilmalari vakillari ishtirokidagi davra suhbati ham rejalashtirilgan. Ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlarni yangi, yuqori bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing