Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan uchrashuvlar rejasini koʻrib chiqdi
Siyosat
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chogʻida Markaziy Osiyo mintaqasidagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26-yanvar kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari ikki mamlakat hukumatlari, idoralari, hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yaqin aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, avtomobilsozlik, elektrotexnika va to‘qimachilik tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan qo‘shma Taraqqiyot fondi doirasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Powered by Froala Editor