Shavkat Mirziyoyev uch davlat Prezidentlari bilan muzokaralar oʻtkazdi
Siyosat
Shuningdek, Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Samilovni ham qabul qildi.
Bugun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi.
Shuningdek, Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Samilovni ham qabul qildi.
Uchrashuvlarda o‘zaro savdo-sotiqni kengaytirish, turli sohalarda hamkorlikni mustahkamlash muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun, ushbu davlatlar bilan Oʻzbekiston oʻrtasida tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoatida, energetika tarmog‘ida, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda IHTning 16-sammiti bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor