Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov birinchi xonimlar bilan birga Xivaga borishdi

O'zbekiston

Qirg’izistonlik mehmonlar Xiva tarixi, hududning boy madaniyati va san’ati bilan tanishtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov birinchi xonimlar bilan birga Xivaga borishdi
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Oliy martabali mehmonlar tanishuvni "Ota darvoza"dan boshlab, noyob "Ko‘hna ark" majmuasi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, "Toshhovli" majmuasi va boshqa obidalar bilan tanishdi.

Mehmonlar sharafiga o‘zbek xalq qo‘shiqlari yangrab, teatrlashtirilgan tomosha namoyish etilgan. Shundan so‘ng Nurillaboy saroyiga tashrif buyurildi.

“Xiva tarixi va uning fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va san’ati haqidagi hikoyalar qirg‘izistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi”, deyiladi O’zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing