Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol O'zbekistonga tezyurar poyezdlarning birinchi partiyasini eksport qilishga kelishib oldilar

O'zbekiston

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol va uning o'zbekistonlik hamkasbi Prezident Shavkat Mirziyoyev juma kuni infratuzilma va mineral resurslar bilan cheklanmagan sohalarda "maxsus strategik sheriklik" ni mustahkamlash maqsadida sammit o'tkazdilar, deb xabar bermoqda The Korea Herald.

Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol O'zbekistonga tezyurar poyezdlarning birinchi partiyasini eksport qilishga kelishib oldilar
O'zbekistonning Toshkent shahridagi Ko‘ksaroy qarorgohida ikki rahbar ishtirokida Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi va Uzbekistan Railways Koreyada ishlab chiqilgan oltita tezyurar poyezdlarni eksport qilish bo'yicha 270 milliard vonga (195,7 million dollar) shartnoma imzolandi. Ushbu poyezdlarning har biri yetti vagondan iborat bo'lib, maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil qiladi.

Ta'kidlanishicha, ushbu kelishuv Janubiy Koreyaning dunyoda beshinchi o’rinda turadigan tezyurar poyezdi joriy etilganidan 20 yil o’tib, birinchi eksport bitimi bo’ldi.

Hozirgi vaqtda Yun Sok Yolning O'zbekistonga davlat tashrifi davom etmoqda. Bu uning Markaziy Osiyoning uchta mamlakatiga tashrifining yakuniy bosqichidir. Avvalroq u va uning rafiqasi Kim Gon Xi Turkmaniston va Qozog'istonga tashrif buyurishgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing