Shavkat Mirziyoyev yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi

O'zbekiston

Davlatimiz rahbari 28-iyun, juma kuni yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ko‘plab tashabbuslar bilan chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi
Ulardan ayrimlari quyidagicha:

Yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.
Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.
IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;
Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;
IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;
Yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing