Shavkat Mirziyoyevni Rossiyada Minnixanov va Manturov kutib oldi
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifning birinchi manzili – Qozon shahriga bordi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda Oʻzbekiston rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kutib olgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Ertaga, 6-oktyabr kuni, Moskvada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Powered by Froala Editor