Shomurodov "Roma" bilan shartnomasini uzaytirmoqda

Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Italiyaning "Roma" klubi bilan shartnomasini 2027-yil yozigacha uzaytirdi - klub uning maoshini qisqartirdi, ammo maydonda o‘z qadr-qimmatini yana bir bor isbotlayotgan hujumchiga ishonch bildirdi.

Shomurodov "Roma" bilan shartnomasini uzaytirmoqda
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Rimning "Roma" klubida davom ettiradi: klub va futbolchi shartnomani 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yangi kelishuv maoshni yiliga 1,3 yevrodan 1 million yevrogacha kamaytirishni nazarda tutadi, bu esa "Roma"ga ish haqi fondini qisqartirish va moliyaviy yukni yengillashtirish imkonini beradi.

Shomurodov so‘nggi haftalarda jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanib, hal qiluvchi gollarni kiritmoqda. O‘tgan mavsumlarda bir necha bor ijaraga ("Spetsiya" va "Kalyari") berilgan bo‘lsa-da, "Roma" murabbiylar shtabi yana o‘zbekistonlik hujumchiga umid bog‘lamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eldor 2020 yilning oktyabr oyida Rossiyaning "Rostov" klubidan Italiyaga ko‘chib o‘tgan, dastlab "Jenoa"ga, keyin esa muvaffaqiyatli debyutidan so‘ng "Roma"ga borib qo‘shilgandi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning transferi poytaxt klubiga 19,6 million yevroga tushgan.

Shomurodov shu kungacha A Seriyada 122ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol urgan va 11ta assistga mualliflik qilgan.

Shartnomani uzaytirish shuni tasdiqlaydiki, o‘zbekistonlik hujumchi nafaqat milliy jamoa, balki Yevropa maydonida ham muhim figura bo‘lib qoladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing