Shveytsariya yuzni yopadigan kiyimlar kiyishni taqiqlaydi

Dunyo

Shveytsariya parlamenti yuzni yopib turuvchi kiyim, jumladan, niqob va hijob – ayollar uchun an’anaviy musulmon bosh kiyimini kiyishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Taqiq Shveytsariya aholisining 51 foizi 2021-yil fevralida bo‘lib o‘tgan ommaviy ovoz berishda bunday kiyim kiyishni taqiqlashni yoqlab ovoz berganidan keyin kuchga kirdi.

Shveytsariya yuzni yopadigan kiyimlar kiyishni taqiqlaydi
Shveytsariya parlamenti yuzni berkituvchi kiyim kiyishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Ilgari bu tashabbusni aholining aksariyat qismi qo‘llab-quvvatlagan edi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

2021-yil fevral oyida xalq ovozi bo‘lib o‘tdi, natijada Shveytsariya aholisining 51 foizi bunday kiyim kiyishni taqiqlash uchun ovoz berdi. Qabul qilingan qonunga ko'ra, qoidabuzarlik uchun jarima 1 ming frankgacha (1116 dollar) bo'lishi mumkin.

Bloombergʼga koʻra, konservativ Shveytsariya xalq partiyasi tomonidan ilgari surilgan qonun loyihasi muhokamasi chogʻida u musulmonlar tomonidan tanqid qilingan. “Purple Headcarves” islomiy ayollar guruhi matbuot kotibi Ines al-Shix “Shveytsariyada bor-yoʻgʻi 30 nafar ayol burqa kiyishini” daʼvo qilgan.

Mamlakat Adliya vaziri Karin Keller-Sutter referendum natijalarini sharhlar ekan, Federal kengash va Shveytsariya parlamenti yuzni berkituvchi kiyimlarni taqiqlashga qarshi chiqqanini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, cheklov shtatda yashovchi musulmonlarga qarshi emas.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing