Shveytsariyada Ukraina bo'yicha konferensiya start olmoqda

Dunyo

Forum bugun va ertaga Lyutsern chekkasida bo'lib o'tadi.

Shveytsariyada Ukraina bo'yicha konferensiya start olmoqda
Shveytsariyada Ukrainadagi mojaroni hal qilishga bag'ishlangan yuqori darajadagi anjuman boshlanmoqda. Tadbirda turli mamlakatlardan 57 ta davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Sammitda jami 100 delegatsiya ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Moskva ushbu forumga taklif qilinmagan.

Ishtirokchilar asosiy e'tiborni Rossiya-Ukraina urushi bilan bog'liq uchta muammoni: yadroviy, oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek, harbiy asirlarni va barcha deportatsiya qilinganlarni, shu jumladan ukrainalik bolalarni qaytarish. Bu masalalarda Kiyev xalqaro hamjamiyat tomonidan imkon qadar ko’proq qo'llab-quvvatlashni istamoqda.

Braziliya, Xitoy, Janubiy Afrika va Saudiya Arabistoni kabi bir qancha yirik o'yinchilar forumda ishtirok etishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, 14-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya TIV rahbariyati bilan uchrashuvda Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha oʻzining prinsipial pozitsiyasini bayon qildi.

RF rahbari quyidagilarni taʼkidladi:

— Ukrainaning neytral, bloksiz, yadro qurolidan xoli maqomi, uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish;

— Ukrainaning rusiyzabon fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlari toʻliq taʼminlanishi kerak;

— yangi hududiy voqeliklar tan olinishi kerak – Qrim, Sevastopol, Lugansk Xalq Respublikasi, Donesk Xalq Respublikasi, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya Federatsiyasi subyektlari sifatidagi maqomi;

— Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing