Sietl 1 sentabrni rasman O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb e’lon qildi
Dunyo
Sietl meri Keti B. Uilson 2026 yil 1 sentabrni shaharda rasman O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb e’lon qildi. Maxsus proklamatsiya O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘zbek jamoasining Sietl taraqqiyoti va madaniy xilma-xilligiga qo‘shgan hissasi ham qayd etilgan.
Hujjatda O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo‘li va Markaziy Osiyodagi o‘rni aks ettirilgan. Shuningdek, Sietldagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi faoliyati hamda ikki mamlakat o‘rtasida jamiyat, biznes va davlat idoralari darajasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari alohida ta’kidlangan.
O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsuli Axror Burxanov ushbu qarorni mustahkamlanib borayotgan aloqalar va kengayayotgan hamkorlik ramzi sifatida baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tarixiy munosabatlarni savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim va madaniy almashinuv sohalaridagi aniq loyihalarga aylantirish muhim vazifa hisoblanadi.
Sietl va Toshkent o‘rtasidagi qardosh shaharlar munosabatlari yarim asrdan ortiq tarixga ega. O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligining rasmiy ochilish marosimi 2026 yil 4 sentabrga belgilangan va mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlanadi. Tadbirda Vashington shtati va Sietl shahri rahbariyati, diplomatik korpus, biznes va akademik doiralar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor