Sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida oltin va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi

Sport

Sinxron suzish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 5-mart kuni yosh guruhlari oʻrtasidagi Filippindagi Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida oltin va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi
Mahoratli sportchilarimizdan iborat Ziyodaxon Toshxoʻjayeva hamda Anna Vashenko juftligi oltin medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, Yelizaveta Kasatkina hamda Darya Kochneva 12 va undan kichik yosh toifasida, Jasmina Qodirova, Sabina Mahmudova, Yelizaveta Afanasyeva 13-15 yosh toifasida kechgan bellashuvlarda bronza medali bilan taqdirlandi.

Bu munosib g‘alabalar o‘zbek sportchilarining iste’dod va matonatini tasdiqlab, butun xalqimizga quvonch va g‘urur bag‘ishlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing