Sirdaryoda 30 rahbarga nisbatan choralar ko‘rildi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni aholi bandligini ta’minlash, investitsiyaviy faollikni oshirish va eksportni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’ruza bilan tanishdi. 2025-yilning ikki oyida 719 ming kishi ish bilan ta’minlandi, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 6 milliard dollardan oshdi.

Sirdaryoda 30 rahbarga nisbatan choralar ko‘rildi
Biznesni qo‘llab-quvvatlash va ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish borasidagi yangi yondashuvlar tufayli 1,1 mingta loyiha amalga oshirilib, 17 mingta ish o‘rni yaratilgan, tovar va xizmatlar eksporti 2,8 milliard dollarga yetgan. Lekin bir qator hududlarda ko‘rsatkichlar pastligicha qolmoqda, Sirdaryoda sust natijalarga yo‘l qo‘ygan 30 nafar rahbarga chora ko‘rildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar va investorlar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan Bosh prokurorning yangi o‘rinbosari Dilmurod Qosimov ham tanishtirildi. Yaqin oylarda yana 8 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelib, eksport salohiyatini oshirish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing