Smartfonlar va TikTok bolalar ruhiy salomatligiga jiddiy zarar yetkazmoqda
Dunyo
Amerika va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi har beshinchi bola ruhiy kasalliklardan aziyat chekadi. Har 11 yoshli bolalarning 25 foizi onlayn pornografiyaga duch keladi.
Psixologlarning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari foydalanish bolalar ruhiy salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlar, xususan TikTok, yosh avlodning asab tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatib, ularda ruhiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bolalarning miyasi skanerdan o‘tkazilganda, ularda kulrang moddaning yomonlashuvi aniqlangan. Bu odatda o‘rta yoshdagi giyohvandlar, ichkilikbozlar yoki chekuvchilarga xos holatdir. Ushbu o‘zgarishlar bolalarda psixologik buzilishlar, jizzakilik va asabiylik kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
York universitetining monitoring guruhi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, telefondan voz kechgan bolalarda tashvish va depressiya alomatlari atigi uch hafta ichida 17 foizga kamaygan. Bolalarning uyqusi yaxshilangan, xotirasi 3 foizga tiklangan.
Amerikalik psixolog Jonatan Xaydtning bestseller kitobida AQShdagi ruhiy kasalliklar o‘sishi, ijtimoiy tarmoqlarning, xususan TikTokning rivojlanishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu platformalar bolalarni ijtimoiy kontekstdan uzib, begona va xavfli dunyoga joylashtiradi. TikTokning zararli ta‘siri shu qadar katta bo‘ldiki, ba‘zi mamlakatlarda, jumladan Hindiston, Kanada va Avstraliyada ushbu platformaga taqiq joriy etildi.
Maktablarda va uyda bolalarni telefondan foydalanishini nazorat qilish kerak, lozim bo'lsa foydalanish vaqtlarini cheklash zarur. Smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlar, xususan TikTok bolalarni real hayotdan, muloqotdan uzoqlashtirib, bemani-bemaza videomuloqatlarni tomosha qilishga va shu yo'sinda tarbiyalanishiga olib kelyapti. Bolalar har birimizning, oilalarmizning va kelajagimizning egasidir. Bunga befarq bo'lmang!

Powered by Froala Editor