So‘nggi ikki yilda o‘zbek mahsulotlarining Turkiyaga eksporti qisqardi
Iqtisodiyot
Shuningdek, o‘zaro savdoda tarifsiz to‘siqlar bilan bog‘liq muammolar qayd etildi.
Kecha Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi yigʻilishida Oʻzbekistonning Turkiya va Ozarbayjondagi elchilarining hisobotlari koʻrib chiqildi.
Parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oliy martabali tashriflar natijasida ma’qullangan “Yo‘l xaritasi” loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokamaning asosiy mavzulari bo‘ldi.
Qayd etilishicha, 2023-yilda Turkiya bilan hamkorlikda $1,2 milliard to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan, davlat kompaniyalari ishtirokida 300 dan ortiq yangi korxona tashkil etilgan. Biroq senatorlar so‘nggi ikki yilda o‘zbek mahsulotlarining Turkiyaga eksporti qisqarganidan xavotir bildirdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Turkiya bilan umumiy qiymati $613,4 million bo‘lgan 48 ta investitsiya loyihasidan $20,5 million qiymatidagi 6 ta loyiha turli sabablarga ko‘ra belgilangan muddatdan kechikayotgani qayd etildi. Shuningdek, vazirlik va idoralarning harakatsizligi tufayli yetarlicha ish olib borilmagani sababli umumiy qiymati 342 million dollarlik 11 ta loyiha amalga oshirilmagan.

Powered by Froala Editor