“SpaceX” 14 yoshli yigitni ishga oldi. U bakalavrni tugatgan

Dunyo

Ilon Maskning “SpaceX” kosmik kompaniyasi Kaliforniyadagi Santa Klara universiteti muhandislik maktabida bakalavr darajasini olgan 14 yoshli Kiren Kvazini ishga oldi. Bu haqda “Business Insider” xabar berdi.

“SpaceX” 14 yoshli yigitni ishga oldi. U bakalavrni tugatgan
Kvazi universitet tarixidagi eng yosh bitiruvchisiga aylangan. Universitetning LinkedIn sahifasiga ko‘ra, o‘qish davrida u talabalarni boshqarishda qatnashgan va hatto boshqa talabalarga dars bergan.

Xabarda aytilishicha, Kiren Kvazi “Starlink” sun'iy yo'ldoshlari uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi guruhning bir qismiga aylanadi.

The Seattle Times gazetasida Kvazi ikki yoshida allaqachon to‘liq jumlalar bilan gapira olgan va to‘qqiz yoshida uchinchi sinf maktab dasturi oʻzi uchun juda oddiy ekanini tushunib, Kaliforniyadagi jamoat kollejiga o‘qishga kirgani aytilgan. Kvazi 11 yoshida Santa Klara universitetiga o'qishga kirgan va u yerda kompyuter va muhandislik fanlarini o'rganishni boshlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing