Sportdagi natijalar va istiqbolli rejalar to‘g‘risida axborot berildi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev selektor yig'ilishi doirasida ayrim sport federatsiyalarini tanqid qildi, ular o'z sportchilari uchun sharoit yaratishda, 2024-yil Parij Olimpiadasida ishtirok etishda muvaffaqiyatsizlikka uchragani ta’kidlandi.
Shu sababli, ushbu federatsiyalarning faoliyatini takomillashtirish va 2028-yilda Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Prezidentga sportni rivojlantirish bo'yicha yakuniy rejalar taqdim etildi, unda yengil atletika va suv sportlariga katta e’tibor qaratildi.
“Misol uchun, Olimpiya o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha 48 ta, suv sporti turlarida 49 ta dastur mavjud. Lekin vakillarimiz ularda 5 va 4 ta yo‘llanma bilan qatnashdi, xolos. Tennis, o‘q otish, gimnastika, velosport bo‘yicha federatsiyalar ham, sharoit ham bor. Yunon-rum kurashi, ot sporti, qilichbozlik, eshkak eshish bo‘yicha hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlarini ham rivojlantirish zarur", deyiladi xabarda.
Mazkur sport turlarida o‘quv-mashg‘ulot dasturlari va faoliyatini kuchaytirish vazifalari belgilandi. Prezident aholini ommaviy sportga faol jalb qilish va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni tartibga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Powered by Froala Editor