Sud Mbappe tomonida: PSJ 61 mln yevro to‘laydi

Sport

Parijdagi mehnat nizolari bo‘yicha sud Madridning “Real” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe foydasiga qaror chiqardi. Sud “Pari Sen-Jermen” klubini futbolchiga taxminan 61 million yevro miqdorida ish haqi, bonuslar va ta’til to‘lovlari bo‘yicha qarzni to‘lashga majbur qildi.

Sud Mbappe tomonida: PSJ 61 mln yevro to‘laydi
Klubning Mbappega nisbatan 440 million yevrolik qarshi da’vosi esa to‘liq rad etildi.

Avvalroq, 2024-yil sentabr oyida Fransiya Professional futbol ligasi (LFP) PSJni Mbappega 55 million yevro to‘lashga majbur qilgan edi, biroq mablag‘lar o‘tkazilmagan. Keyinchalik futbolchi intizomiy qo‘mitaga murojaat qildi, ammo klub LFP ustidan sudga bergani sabab ish ko‘rib chiqilmadi.

Mbappe shuningdek klubni ruhiy bosim o‘tkazishda va 2023 yilda yangi shartnoma imzolashga majburlashga urinishda ayblagan. O‘shanda u asosiy jamoa mashg‘ulotlaridan chetlashtirilgan edi.

Sud qaroriga ko‘ra, PSJ bir oy ichida hukmning to‘liq matnini rasmiy saytida e’lon qilishi shart.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing