Sukerberg Instagram va WhatsApp’dan mahrum bo‘lishi mumkin

Biznes

AQSHda "raqamli dunyo"ni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan sud jarayoni boshlandi - Facebook, Instagram va WhatsApp’ga egalik qiluvchi Meta korporatsiyasi Federal savdo komissiyasi (FTC) nishoniga tushdi.

Sukerberg Instagram va WhatsApp’dan mahrum bo‘lishi mumkin
Ayblovlarning mohiyati monopol mavqeni suiiste’mol qilishdir. Monopoliyaga qarshi organlarning fikricha, 2012-yilda Instagram va 2014-yilda WhatsApp’ni sotib olish Meta’ga raqobatni yo‘q qilish va amalda "raqamli monopolist"ga aylanish imkonini berdi.

Agar sud FTCni qo‘llab-quvvatlasa, kompaniyani butun dunyo bo‘ylab milliardlab odamlar har kuni foydalanadigan ikkita eng yirik ilovani sotishga majbur qilishlari mumkin.

Meta vakillari allaqachon g‘alabaga ishonch bildirgan, ekspertlar esa birlashish Instagram va WhatsApp’ga texnologik ustunlik berganini aytmoqda. Biroq, bu ishning natijasi butun sanoat uchun burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing