Sunak va Zelenskiy tarixiy kelishuvni imzolaydi

Dunyo

Buyuk Britaniya va Ukraina xavfsizlik sohasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini imzolaydi.

Sunak va Zelenskiy tarixiy kelishuvni imzolaydi
Bu haqda Britaniya hukumati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, hujjatni 12-yanvar kuni Kiyevda Qirollik bosh vaziri Rishi Sunak va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy imzolaydi.

“Bugun Bosh vazir Sunak va Prezident Zelenskiy Buyuk Britaniya va Ukraina oʻrtasida xavfsizlik sohasida hamkorlik boʻyicha tarixiy kelishuvni imzolaydi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Britaniya ushbu kelishuv bilan xavfsizlik sohasida, jumladan, razvedka ma’lumotlari almashinuvi, kiberxavfsizlik, tibbiy va harbiy tayyorgarlik, shuningdek, mudofaa sanoati sohasida hamkorlik doirasida Ukrainaga bergan va kelajakda ko‘rsatadigan yordamni rasmiylashtiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing