Sun’iy intelekt 12 mln amerikalikni ishsiz qoldirishi aytilmoqda

Texnologiya

Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, o'zgarishlar eng kam maosh oladigan ishchilarga eng koʻp ta'sir qilishi mumkin. Xususan, ularning kasb o'zgartirishga boʻlgan ehtiyoji 2030-yilga borib 14 baravarga oshadi.

Sun’iy intelekt 12 mln amerikalikni ishsiz qoldirishi aytilmoqda
2030-yilga kelib, talab kamayib borayotgan kasblarda ishlovchi 12 millionga yaqin amerikalik oʻz ish joyini o'zgartirishga majbur boʻlishi mumkin. Bu haqda McKinsey Global Institutining yangi tadqiqotida aytiladi.

Olimlar sun'iy intellektning ommalashishi, aholining qarishi va elektron tijorat kabi boshqa omillar kelgusi yillarda AQSh bandligiga qanday ta'sir qilishi mumkinligini tahlil qilgan.

McKinsey tadqiqotchilariga koʻra, 2030-yilgacha 11,8 million xodim o'z ishini o'zlari xohlagani uchun emas, balki majbur bo'lgani uchun o'zgartirishi kerak boʻladi. Ularning 9 millionga yaqini esa yangi sohalarda ish topishga majbur bo'lishi kutilmoqda.

Yangi texnologiyalarning biznesga ta'sirini o'rgangan, McKinsey Global Institutining hamkori va tadqiqot hammuallifi Maykl Chuy “Insider” nashriga ma'lum qilishicha, ish o'rinlari pasayishining 75 foizi to'rt toifaga to'g'ri keladi: ofis xizmat ishlari, mijozlarga xizmat ko'rsatish va savdo, oziq-ovqat xizmatlari va ishlab chiqarish.

Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, ushbu o'zgarishlar eng kam maosh oladigan ishchilarga eng koʻp ta'sir qilishi kutilmoqda. 2030-yilgacha ularning kasb o'zgartirishga boʻlgan ehtiyoji 14 baravarga oshadi.

Shu bilan birga izlanishlar davomida sog'liqni saqlash, texnologiya va transport kabi sohalardagi yuqori maoshli kasblarga talab oʻsishi aniqlangan.

Shuningdek, ChatGPT kabi AI texnologiyalarining o'sishi bilan, 2030-yilga kelib AQShda ish soatlarning 30 foizi avtomatlashtirilishi mumkin.

"Bu odamlar bajarishi kerak bo'lgan ish soatlari miqdorini o'zgartiradi", dedi Chuy.

Unga koʻra, kotiblar, chakana sotuvchilar, ma'muriy yordamchilar va kassirlarga bo'lgan talab 2030-yilga kelib har birida 600 000 dan ortiq ish o'rinlari qisqarishi yuz berishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing