Suriyada Muhammad al-Bosher vaqtinchalik hukumat boshlig‘i etib tayinlandi
Dunyo
Muhammad al-Bosher vaqtinchalik hukumat boshlig‘i etib tayinlanganidan so‘ng, Damashqda o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda yangi tayinlangan bosh vazir va sobiq bosh vazir Muhammad al-Jalaliy ishtirok etdi.
Kuni kecha, seshanba kuni, Muhammad al-Bosher Bosh vazirlik binosida qilgan chiqishida rasmiy ravishda hukumat rahbarligiga tayinlanganini tasdiqladi.
Al-Bosher vaqtinchalik hukumat umumiy boshqaruv masalalarini nazorat qilishini va bu faoliyat 1-martda yakunlanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, xavfsizlik xizmatlari tarqatiladi va terrorizmga qarshi qonunlar bekor qilinadi. "Vaqtinchalik hukumat hozirgi armiyaning holatini ko‘rib chiqib, uning tuzilmasini qayta tashkil qilish masalasini muhokama qiladi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, "Tartibni saqlash, xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va hokimiyatni silliq o‘tkazish" vaqtinchalik hukumatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Bu haqida Associated Press xabar bergan.
Suriya xalqining "Yangi Suriya"ni barpo etish istagini qo‘llab-quvvatlash haqida xalq kengashi bayonot berdi. Shu bilan birga, Baas partiyasi bosh kotibi Ibrohim al-Hadid mamlakatni birlashtirishga qaratilgan o‘tish davrini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Alhadath.net
Ma'lumot uchun, Muhammad al-Bosher 1983-yilda Idlib viloyatining janubidagi Jabal az-Zoviyada tug‘ilgan. U 2022 va 2023-yillarda "Qutqaruv hukumati"ning rivojlanish va insoniy ishlari bo‘yicha vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

Powered by Froala Editor