Suv tekin emas, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish lozim – Prezident

O'zbekiston

Ma'lum bo‘lishicha, yaqin yigirma yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foiz kamayishi kutilmoqda. Kamiga suv tannarxi 2 barobar qimmatga tushyapti, yiliga 20 million kilovatt soat elektr behuda sarflanyapti, yana 20 ming gektarda suv ta’minoti yomonlashgan.

Suv tekin emas, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish lozim – Prezident
Bugun, 17-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Termiz shahrida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Unda davlat rahbari suv masalasiga ham to‘xtaldi.

Unga ko‘ra, yaqin yigirma yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foiz kamayishi kutilmoqda. Suv tejovchi texnologiyalar kengaytirilyapti, lekin bu yetarli emas. Surxondaryoda 80 foiz yerlar nasos orqali sug‘oriladi. Biroq 52 ta nasosning xizmat muddati 40 yildan oshgan.

Oqibatda, suv tannarxi 2 barobar qimmatga tushyapti, yiliga 20 million kilovatt soat elektr behuda sarflanyapti, yana 20 ming gektarda suv ta’minoti yomonlashgan. Shuningdek, 1 ming 700 kilometr sug‘orish tarmog‘ining yarmi tuproq o‘zanli bo‘lgani uchun 35 foiz suv yo‘qotilyapti.

“Suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi lozim”, - dedi Prezident.

Mutasaddilarga 47 ta kanalni betonlash bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqish, suv yo‘qotilishi ko‘p bo‘lgan 6 ta kanalni ta’mirlash, kelgusi yilda “Sherobod magistral” kanalini ta’mirlashga 60 million dollar jalb etib, 90 ming gektar yerlarni tiklash bo‘yicha topshiriq berildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing