Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi

O'zbekiston

14-mart kuni “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-sonli Prezident qarori qabul qilindi.

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi
Qarorga ko‘ra, 2025 yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash;

250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;

250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish;

50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish.

“HAMROH” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan:

xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yiladi;

ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi;

ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing