Ta’lim e’tibor markazida: Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlar ijrosi hamda yangi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlat rahbari ta’kidlashicha, iqtisodiyot rivoji, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim va o‘qituvchiga bog‘liq.
“Sizlar bilan ish boshlagan birinchi kundan aytaman: ta’lim, ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, muallim”, – dedi Prezident.
Shuningdek, oxirgi yillarda bog‘cha va maktablar qurilishi, jihozlanishi, zamonaviy dasturlar joriy etilishi va xorijiy mutaxassislar jalb etilishi borasida katta ishlar amalga oshirilgani, bu jarayon davom etishi qayd etildi.
Prezident hokimlar va barcha ta’lim muassasalari rahbarlaridan mas’uliyatni to‘liq his etishni talab qildi. Chunki sifatli ta’lim orqaligina yangi texnologiya, mahsulot va xizmatlarga erishish mumkin. Rahbar har kuni fidokorona ishlagan taqdirdagina hududida real o‘zgarishlar bo‘ladi.

Powered by Froala Editor