Tarvuzlarimiz Rossiya bozorlarini zabt etmoqda

O'zbekiston

16–19-iyun kunlari O‘zbekistondan Rossiyaning Rostov viloyatiga 97 tonna tarvuz olib kirildi, deb xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasi veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmatining matbuot xizmati.

Tarvuzlarimiz Rossiya bozorlarini zabt etmoqda
Mahsulotlar xavfsiz deb e'lon qilindi va muomalaga chiqarildi.

"Qabul qilingan mahsulotlardan olingan namunalarda karantin obyektlari aniqlanmadi. Mahsulotlar muomalaga chiqarildi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston dunyoning 14 davlatiga 3 million AQSh dollariga teng 6,5 ming tonna tarvuz eksport qilgan. 2023-yilning olti oyida O‘zbekiston eng ko‘p tarvuz eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston — 2 ming tonna
Qirgʻiziston — 2 ming tonna
Rossiya — 1,5 ming tonna
Latviya — 500 tonna
Litva — 135 tonna
Germaniya — 115 tonna
Belarusiya — 34 tonna

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing