Тasodif yoki provokatsiya? HAMAS Isroilga noma’lum jasadni topshirdi

Dunyo

HAMAS kelishuvga binoan garovga olingan, halok bo‘lganlarning jasadlarini Isroilga topshirdi ammo bir murda no'malum shaxsga tegishli ekanligi, tobut ichida Isroilning marhum fuqarosi Shiri emas balki boshqaligi aniqlandi. Bundan isroilliklar darg'azab bo'ldi hamda bu holatni kelishuvning jiddiy buzilishi deb atadi.

Тasodif yoki provokatsiya? HAMAS Isroilga noma’lum jasadni topshirdi
Topshirilgan to‘rtta jasaddan uch nafarining shaxsi tasdiqlandi: bular chaqaloq Kfir Bibas, uning akasi Ariel va 83 yoshli Oded Lifshits. Biroq, bolalarning onasi Shiri Bibasga tegishli bo‘lishi kerak bo‘lgan qoldiqlar aniqlanmagan. Isroil rasmiylari Shiriyning jasadi va garovga olinganlarning barchasini tushuntirish va qaytarishni talab qildi.

Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS noyabr oyida asirlikda bo‘lgan aka-uka Bibaslarni o‘ldirgan. Lifshis ham garovda o‘ldirilgan, ammo uning o‘limi bir yildan ko‘proq vaqt oldin sodir bo‘lgan, deydi ekspertlar.

Isroildan Shiri Bibasning jasadi qaytarilmagani haqidagi e'lonidan so'ng AQShning yuqori darajadagi rasmiysi Xamasni qattiq ogohlantirdi. CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSh elchisi Adam Beyler bu "dahshatli" va G'azo sektoridagi janglarni to'xtatish haqidagi sulhning "aniq buzilishi" ekanligini aytdi.

Isroil asirlikda qolgan fuqarolarni to‘liq ozod qilishni talab qilishda davom etayapti. Isroil G‘azoda harbiy operatsiyani kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda.

The Guardian yozishicha, Isroil 2023-yil oktabr oyidan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda reydlarni kuchaytirib, yuzlab falastinlikni o‘ldirgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, Isroil tomonidan 21 yanvar kuni G'arbiy Sohil shimolida boshlangan hujumda kamida 51 falastinlik, jumladan, yetti bola halok bo'ldi .

Payshanba kungi (kecha), jasadlar topshirilishi ortidan shanba kuni (ertaga) olti tirik garovga olingan, evaziga yana yuzlab falastinlik mahbuslar va G'azoda Isroil kuchlari tomonidan hibsga olingan ayollar va voyaga etmaganlar qaytarilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing