Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘istonga jo‘nab ketadi
Siyosat
O‘zbekiston rahbari 2-3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 2-3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar. Tadbirlar yakunida qator qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi raislik qilmoqda. Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 100 dan ortiq muhim tadbir o‘tkazildi.
Tashkilotga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va Turkiya a’zo, Vengriya va Turkmaniston tashkilotda kuzatuvchilardir.

Powered by Froala Editor