Tojikiston internet narxini pasaytirmoqchi
Texnologiya
Tojikistonning yangi Aloqa xizmati rahbari Isfandiyor Sa'dullo 2025yil 29-yanvar kuni matbuot anjumanida, jurnalistlarga Internet narxlarini yaqin kelajakda pasaytirishni va'da qildi. U shuningdek, Internet sifatini yaxshilash uchun provayderlar yangi chora-tadbirlarni ko'rishi kerakligini aytdi. Masalan, elektr energiyasi uzilib qolsa, aloqa to'lqinlarini ta'minlash uchun akkumulyatorlar o'rnatilishi rejalashtirilgan.
Sa'dullo, so'nggi yillarda Internet sifatining yaxshilanganini, lekin foydalanuvchilar soni ortib borayotgani sababli tarmoqqa ortiqcha yuk tushayotganini ta'kidladi. U, shuningdek, blogerlar va video kontent sonining ortishini misol keltirdi.
Tojikistonda hozirda 4,5 million Internet foydalanuvchisi bor. Bunga qo'shimcha ravishda, mamlakatning tog'li joylashuvi ham Internet tezligining sekin bo'lishiga sabab bo'lishini tushuntirdi.
Yangi rahbar shuni ham ma'lum qildi-ki, uchta mobil kompaniya hozirda 5G Internetini sinab ko'rmoqda. Tojikiston Internet narxlari bo'yicha Markaziy Osiyodagi eng qimmat davlatlardan biri hisoblanadi. 2024-yilning boshida e'lon qilingan reytingga ko'ra, Tojikistonda 1 GB Internetning o'rtacha narxi 1,65 dollarni tashkil etadi. Bu narx Qirg'iziston, O'zbekiston va Qozog'istondan ancha yuqori.
Shuningdek, Tojikistonda mobil Internetning tezligi dunyo bo'yicha eng past beshta mamlakatdan biri hisoblanadi.
Yangi rahbar Isfandiyor Sa'dullo mamlakatda 8 milliondan ortiq mobil va fiksatsiyalangan aloqa foydalanuvchisi borligini, ulardan 5 milliondan ko'prog'i faol abonentlar ekanligini bildirdi. O'tgan yil davomida aloqa sifatini yaxshilash uchun yangi baza stansiyalari va optik tolali liniyalar o'rnatilgan.

Powered by Froala Editor