Toqaev Tanzila Narbaevani «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi

O'zbekiston

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbaevani ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun «Do‘stlik» ordeni II darajasi bilan taqdirladi.

Toqaev Tanzila Narbaevani «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbaevani «Do‘stlik» ordeni II darajasi bilan taqdirladi.

Uchrashuv davomida tomonlar Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqchilikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy, investitsion hamkorlik hamda madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Toqaev Narbaeva tashrifini ikki mamlakat o‘rtasidagi alohida munosabatlarning isboti sifatida qayd etib, uning qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlashdagi shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

O‘z navbatida, Tanzila Narbaeva samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, prezident Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng yaxshi tilaklarini yetkazdi. U shuningdek, barcha erishilgan kelishuvlar shaxsan davlat rahbarining nazoratida ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Toqaev Narbaevaga ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etib, «Do‘stlik» ordeni II darajasini topshirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing