Toshkent 2024-yilda MDHning yoshlar poytaxti deb e’lon qilindi

O'zbekiston

15-aprel kuni O‘zbekiston poytaxtida “MDH yoshlar poytaxti” xalqaro loyihasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya yoshlar va bolalar uyushmalari milliy kengashi xabar berdi.

Toshkent 2024-yilda MDHning yoshlar poytaxti deb e’lon qilindi
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov tabrik so‘zladi.

Mustaqil davlatlar Hamdo'stligi Bosh kotibi Sergey Lebedevning maktubini MDH Ijroiya qo'mitasining gumanitar hamkorlik, umumiy siyosiy va ijtimoiy muammolar departamenti madaniyat, sport, turizm va yoshlar sohasidagi hamkorlik bo'limi boshlig'i Tatyana Kovaleva o'qidi.

“Toshkent yoshlar bilan ishlash boʻyicha katta va keng qoʻllaniladigan tajribaga, qiziqarli jamoat tashabbuslari va jonli madaniy hayotga ega. Shahar bir necha bor yoshlarning yirik xalqaro tadbirlari oʻtkaziladigan joy boʻlib kelgan va qiziquvchan sayyohlar uchun ko'plab quvonchli uchrashuvlar va kashfiyotlar ulashishga ulgurgan", — deyiladi maktubda.

Tadbirning muhim voqeasi shaharga “MDH yoshlar poytaxti” sertifikatining topshirilishi bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ikki tomonlama yoshlar hamkorligi yuksak qadrlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing