“Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

O'zbekiston

Poyezd 2023-yilning 10-dekabr sanasidan harakatni amalga oshiradi.

“Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar boʻyicha 82/81-sonli “Toshkent — Sariosiyo — Toshkent” yoʻnalishida alohida yoʻlovchi poyezd harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Poyezd 2023-yilning 10-dekabr sanasidan harakatni amalga oshiradi. Chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz va Uzrailways ilovasi orqali yoki temir yoʻl chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda “Toshkent — Termiz — Sariosiyo” yoʻnalishida har kuni bir marotaba harakatlanadigan yoʻlovchi poyezd harakati mavjud boʻlib, ushbu poyezd ajralmas tarkib bilan harakatlanadi.

“Shu sababdan ushbu poyezdni ikkita yoʻnalishda alohida qatnovlarini tashkil etish yoʻlovchi tashishlar sonini ikki barobarga oshirilishiga xizmat qiladi”, deyiladi "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ axborot xizmati xabarida.

Yoʻnalishlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

82-sonli “Toshkent — Sariosiyo” yoʻnalishi: Toshkent 21:40 — Sariosiyo 12:08

81-sonli “Sariosiyo — Toshkent” yoʻnalishi: Sariosiyo 19:13 — Toshkent 11:47

80-sonli “Toshkent — Termiz” yoʻnalishi: Toshkent 19:50 — Termiz 9:40

79-sonli “Termiz — Toshkent” yoʻnalishi Termiz 17:43 — Toshkent 8:53

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing