Toshkent shahri aholisiga niqob taqish tavsiya etilmoqda
O'zbekiston
Xalqaro "Havo sifati indeksi" sayti ayni vaqtda Toshkent shahri havosida PM 2.5 konsentratsiyasi JSST havo sifatining yillik standartidan 20,2 baravar yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev xabar berdi.
IQAir xizmati reytingida O‘zbekiston poytaxti 11-yanvar soat 09:00 holatida 9-o‘rinda (kechqurun — 8-o‘rin bo‘lgan).
“Bu yerdagi havo sifati ayni vaqtda zararli, deya baholangan. Va Toshkent aholisiga tashqarida mashq qilmaslik, iflos havodan saqlanish uchun derazalarni yopish, maska taqish hamda havo tozalagichlarni ishga tushirishni tavsiya etmoqda", deydi Kusherbayev.

Powered by Froala Editor