Toshkent tarixiy taekvondo JCHni qabul qildi

Sport

Toshkent rasman jahon yakkakurashlari poytaxtiga aylandi: yangi Olimpiya shaharchasida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Tarixiy turnir muhtasham shou va O‘zbekiston terma jamoasi xazinasidagi ilk medal bilan boshlanib, butun dunyo ishtirokchilari uchun yuqori darajani belgilab berdi.

Toshkent tarixiy taekvondo JCHni qabul qildi
World Taekwondo va O‘zbekiston MOQ rahbariyati ishtirokida o‘tgan tantanali ochilish marosimi yangi davrni boshlab berdi: bu Olimpiya shaharchasining ixtisoslashtirilgan majmuasida o‘tkazilayotgan ilk jahon chempionatidir. MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov o‘z nutqida Toshkentning bunday nufuzli turnirga mezbon etib tanlanishi O‘zbekistonning jahon taekvondo markazlaridan biri sifatidagi maqomini tasdiqlashini ta’kidladi.

17-aprelga qadar davom etadigan chempionatning sport qismi rasmiy qismdan so‘ng darhol boshlandi. Ilk kunning o‘ziyoq dayang egalariga muvaffaqiyat keltirdi: 78 kg dan yuqori vazn toifasida hamyurtimiz Alisher Pak yuksak mahorat va g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etdi. Janubiy Koreya vakiliga qarshi kechgan shiddatli final bahsida Alisher kumush medalni qo‘lga kiritib, ushbu mundialda O‘zbekistonning ilk sovrindoriga aylandi. Bu muvaffaqiyat va turnirning yuqori saviyada tashkil etilishi respublikamizning oliy olimpiya darajasidagi sport tadbirlarini qabul qilishga tayyorligini yana bir bor isbotladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing