Toshkent viloyatida zilzila paytida qutqaruv ishlarini olib borish uchun volontyorlik guruhlari shakllantiriladi

O'zbekiston

2024-yil 1-maydan boshlab har bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlarini shakllantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligining axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyatida zilzila paytida qutqaruv ishlarini olib borish uchun volontyorlik guruhlari shakllantiriladi
“Bunda volontyorlik guruhlariga jalb qilingan fuqarolarga har chorakda qonunchilikka muvofiq kuchli zilzilada harakatlanish qoidalari va tartibi oʻrgatilib, bu yoʻnalishdagi bilim va koʻnikmalari oshirib boriladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, viloyatda yangi qurilishi rejalashtirilgan 9 qavatli yoki undan yuqori boʻlgan bino va inshootlar vibrodinamik uskuna yordamida tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Seysmik zaif hisoblangan koʻp kvartirali uy-joylar bosqichma-bosqich instrumental texnik tekshiruvdan oʻtkaziladi va mustahkamlash choralari koʻriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing