Toshkentda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
O'zbekiston
Bugun ertalab, 9-sentyabr kuni, mahalliy vaqt bilan 05:45 da Toshkentda zilzila qayd etildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 3,6 bo‘lib, uning episentri Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan.
Zilzila o‘chog‘i yer ostidan 5 km chuqurlikda bo‘lib, poytaxtning bir nechta tumanlarida sezildi. Ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur, Yashnobod va boshqa tumanlarda yer qimirlashi 2 ball darajasida sezildi.
Eslatib o‘tamiz, zilzila episentri Toshkentdan 10 km shimoliy-sharqda joylashgan bo‘lib, hozircha talafotlar yoki qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, zilzila episentri Toshkentdan 10 km shimoliy-sharqda joylashgan bo‘lib, hozircha talafotlar yoki qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Powered by Froala Editor