Toshkentda ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogining bosqichi boshlandi

Sport

Bugun Toshkentda ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogining qiziqarli bosqichi boshlandi va bu musobaqa professional sportchilar bilan birga butun mintaqadagi ot sporti ishqibozlarining ham e’tiborini tortdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogining bosqichi boshlandi
“Shiddatli bahslarda Aʼzam Tolibboyev, Oqil Sobirjonov kabi tajribali chavandozlar qatorida Abdurahmon Abdullayev va Dilshod Shokirov kabi yosh iqtidor egalari yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Sportchilarimiz birinchi mashqning oʻzidayoq gʻoliblikka asosiy daʼvogar ekanliklarini namoyish etishdi va ustunlikni bellashuvlar nihoyasigacha saqlab qoldilar. Yakunda jamoamiz birinchi, Qozogʻiston ikkinchi va Qirgʻiziston vakillari uchinchi oʻrinni egallashdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, 26–28-aprel kunlari Toshkent badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining toʻrtinchi bosqichiga mezbonlik qiladi. Unda dunyoning 34 mamlakatidan 100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing