Toshkentda uchta OTM bitta universitetga birlashtirildi

O'zbekiston

Toshkent moliya instituti va Soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institutlarida tahsil olayotgan talabalar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘qishni davom ettiradilar.

Toshkentda uchta OTM bitta universitetga birlashtirildi
Prezidentning 07.02.2024-yildagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent moliya instituti va Soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institutlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibiga qo‘shilmoqda.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Universitetda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab:

ta’lim jarayoni davlat tili, ingliz tili va boshqa xorijiy tillarda olib boriladi;
iqtidorli talabalar uchun alohida xorijiy tillarda o‘qitiladigan guruhlar tashkil etiladi;
ta’lim dasturlari xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing