Toshkentda “Xalqaro yil talabasi” aniqlandi
O'zbekiston
Toshkentda ilk bor “Xalqaro yil talabasi” mukofoti topshirildi. Tadbir Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston Xalqaro talabalar ittifoqi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi.
Mukofot to‘rt nominatsiya bo‘yicha topshirildi. “Yil talabasi” unvoniga AQShdagi Columbia University talabasi Nozira Davroniy sazovor bo‘ldi. “Jamiyat va diaspora rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasida Gonkongdagi HKUST universiteti talabasi Asadbek Ismoilov g‘olib deb topildi. “O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib namoyon etgani uchun” mukofotini Buyuk Britaniyadagi Oxford universiteti talabasi Aakib Niyoz oldi. “Yil innovatsiyasi” nominatsiyasida esa Italiyaning Siena universitetida tahsil olayotgan Asliddin Akbarov g‘olib bo‘ldi.
Marosim doirasida, shuningdek, O‘zbekistonda UzSU faoliyatiga rasman start berildi va chet elda tahsil olayotgan talabalar roli mavzusida panel muhokamasi o‘tkazildi.
Marosim doirasida, shuningdek, O‘zbekistonda UzSU faoliyatiga rasman start berildi va chet elda tahsil olayotgan talabalar roli mavzusida panel muhokamasi o‘tkazildi.
Powered by Froala Editor