Tramp: Aliyev va Pashinyan Oq uyda tinchlik shartnomasini imzolaydi

Dunyo

AQSh Prezidenti Donald Tramp ertaga Oq uyda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishini, shuningdek Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan alohida iqtisodiy kelishuvlar tuzilishini ma’lum qildi.

Tramp: Aliyev va Pashinyan Oq uyda tinchlik shartnomasini imzolaydi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Oq uyda tinchlik shartnomasini imzolashini e’lon qildi. Ushbu kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi uzoq yillik qarama-qarshilikka yakun yasashi kutilmoqda.

Truth Social’dagi bayonotida Tramp bugun ikki rahbarni Vashingtonda qabul qilayotganini, ertaga esa ular «tarixiy tinchlik sammiti»da qatnashishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh ma’muriyati bir necha oy davomida mojaroni to‘xtatish ustida ishlagan va urushni aynan u to‘xtatgan.

«Men Armaniston va Ozarbayjon xalqlari uchun to‘g‘ri qaror qabul qilayotgan bu jasur yetakchilar bilan faxrlanaman. Bu bizning mamlakatlarimiz va butun dunyo uchun tarixiy kun bo‘ladi», — dedi Tramp.

Tinchlik shartnomasidan tashqari, har bir tomon bilan alohida iqtisodiy kelishuvlar ham imzolanishi rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing