Tramp AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy mashg‘ulotlarini qisqartirishni buyurdi
Dunyo
AQSh Prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya bilan o‘tkaziladigan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar ko‘lamini sezilarli darajada qisqartirishni buyurdi. Qaror har yili o‘tkaziladigan Ulchi Freedom Shield mashg‘ulotlari boshlanishi arafasida qabul qilindi. Ularda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi ishtirok etmoqda.
Tramp qarorni mashg‘ulotlarning yuqori xarajati, Seulning Eron masalasidagi pozitsiyasi hamda KXDR rahbari Kim Chen In bilan munosabatlari bilan izohladi. AQSh prezidenti uning fikricha, ushbu mashg‘ulotlar Pxenyanga «mutlaqo noo‘rin va dushmanona» signal yubormoqda. U AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegsetga mashg‘ulotlar ko‘lamini sezilarli darajada kamaytirish topshirig‘ini berdi.
Ulchi Freedom Shield mashg‘ulotlari 17-avgustda boshlandi va 11 kun davom etadi. Ularning asosiy maqsadi Shimoliy Koreya tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi ittifoqchilarning tayyorgarligini oshirishdan iborat. Pxenyan esa AQSh-Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarini an’anaviy ravishda harbiy harakatlarga tayyorgarlik sifatida baholaydi.
Trampning qarori Pxenyan bilan diplomatik aloqalarni qayta tiklashga intilayotganidan yana bir signal sifatida baholanmoqda. 2018-yilda Kim Chen In bilan Singapurdagi sammitdan so‘ng Tramp ayrim qo‘shma mashg‘ulotlarni «provokatsion» va qimmatga tushuvchi deb atab, ularni to‘xtatgan edi.
Janubiy Koreya esa Vashington bilan yaqin muvofiqlashtirishni davom ettirishdan manfaatdorligini bildirib, AQSh va KXDR o‘rtasidagi muloqot qayta tiklanishiga umid bildirdi.

Powered by Froala Editor