Tramp AQSh Venesuela hududiga ilk bor zarba berganini aytdi

Dunyo

Donald Tramp AQSh tarixida ilk bor Venesuela hududiga zarba berilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, nishon narkotiklar bilan bog‘liq port hududi bo‘lgan. Rasmiy tasdiq hozircha yo‘q.

Tramp AQSh Venesuela hududiga ilk bor zarba berganini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Venesuela hududiga ilk bor zarba berganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum narkotiklar yuklangan kemalar jo‘natilgan port hududiga qaratilgan.

«Giyohvand moddalar yuklangan kemalar joylashgan portda kuchli portlash bo‘ldi. Biz kemalarga zarba berdik, endi esa bu ishlar amalga oshirilgan hududni yo‘q qildik. U endi yo‘q», — dedi Tramp.

Prezident shu tariqa 26 dekabr kuni Nyu-Yorkdagi WABC radiostansiyasiga bergan intervyusidagi bayonotini izohladi. O‘shanda u AQSh narkotiklar tashilgan kemalar chiqqan «yirik obyektni zararsizlantirgani»ni aytgandi.

Biroq Venesuela hududiga zarba berilgani haqida hozircha rasmiy tasdiq yo‘q. AQSh harbiylari ham, Venesuela hukumati ham bunday operatsiya haqida xabar bermagan. Avvalroq AQSh faqat dengizda giyohvand moddalar tashishda ayblangan Venesuela kemalariga hujum qilganini bildirgan edi, bu esa Karakasning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.

CIA, Oq uy va Pentagon yer usti nishoniga zarba berilgani haqidagi xabarlarni izohlamadi. Tramp qaysi tuzilmalar operatsiyada ishtirok etganini ham aniqlashtirmadi. Oktyabr oyida u CIAga Venesuela hududida operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berganini aytgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing